
"Neftchi"ning "Surxon"ga qarshi statistikasi qanday?
Superliganing 24-tur bahsida "Neftchi" Termizning «Surxon» klubi mehmoni bo‘ladi.
"Neftchi" jamoasi "Surxon" bilan milliy chempionatimiz doirasida o‘zaro 29 marta to‘qnashgan. Shundan 20 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan, 8 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda "Surxon" jamoasi g‘alaba qozongan.
"Neftchi"ning o‘zaro qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alabasi 5:0 ko‘rinishida qayd etilgan. Umumiy to‘plar nisbati 72-23 farg‘onaliklar foydasiga.
"Neftchi"ning "Surxon" maydonida olib borgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari
07.05.2023.
"Surxon" - "Neftchi" - 2:2
29.06.2022.
"Surxon" - "Neftchi" - 1:1
21.08.2004.
"Surxon" - "Neftchi" - 1:2
05.10.2003.
"Surxon" - "Neftchi" -1:3
30.03.2002.
"Surxon" - "Neftchi" - 0:0
"Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar