
"Neftchi" yana bir o‘yinchisi bilan kelishuvni uzaytirdi
Farg‘onaning "Neftchi" klubi futbolchilari bilan shartnomalarni uzaytirishda davom etmoqda. Kuni kecha Akbar To‘raev bilan Umar Adxamzodaning shartnomani uzaytirgani haqida xabar berilgandi. Klub matbuot xizmati yana bir futbolchi bilan kelishuv cho‘zilganini ma’lum qildi.
"O‘tgan mavsumda o‘zining yorqin o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozona olgan xujumchi Ulug‘bek Xoshimov bilan shartnoma muddati uzaytirildi.
Yangi futbol mavsumida ham Ulug‘bek Xoshimovga jamoamizning Superligadagi g‘alabali yurishlariga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan holda, unga kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat va ulkan omadlar yor bo‘lishini tilaymiz.
Eslatib o‘tamiz, Xoshimov ushbu mavsum Superligada jami 16 bor asosiy tarkibda maydonga tushib ikki bor gol muallifiga aylangan va bir marta asist rolini bajargan, mavsum davomida jami maydonda 1423 daqiqa xarakat qildi", - deya habar qilmoqda, "Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar