
"Neftchi" Toshkentda "Lokomotiv" darvozasiga 3 ta gol urdi
Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionining zahira maydonida Superliganing ikki vakili - "Neftchi" va "Lokomotiv" o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
O‘yin teng kurashlar ostida boshlanishiga qaramay raqiblar uchrashuvni 6 daqiqasida burchak to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldi, burchakdan etkazilgan to‘pni "Lokomotiv"ga qaytgan Jasur Jaloliddinov raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Goldan so‘ng "Neftchi" hujumga o‘tishga harakat qila boshlashdi. Ana shunday vaziyatlarning birida hujumga otlangan Ulug‘bek Xoshimovni raqib himoyachisi jarima maydoni ichida chalib yiqitdi, hakam esa penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Oybek Qilichev bu imkoniyatni golga aylantirdi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Oybek Qilichevning 30-35 metr masofadan yo‘llagan zarbasi supergol bilan yakunlandi. Birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi. Ikkinchi bo‘limda Izzat Abdullaev "temiryo‘lchilar" darvozasiga 3-golni kiritdi va hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa ushbu bahsda "Neftchi" a’zolari "Lokomotiv" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar