"Neftchi" qatorasiga uchinchi o‘yinda ham 1:1 hisobida durang o‘ynadi

  • 7 fevral, 2022, 21:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Neftchi” klubi Turkiyaning Antaliya shahrida "LIMAK SPORTS" futbol markazi maydonida Qozog‘istonning “Maktaaral” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar durangga rozi bo‘lishdi – 1:1. Farg‘onaliklardan gol muallifi Oybek Qilichev.

Tecno

"Neftchi" tarkibi: Mashhur Muhammadjonov, Husniddin G‘ofurov, Daniel Stoykovich, Mirzohid G‘ofurov, Sirojiddin Qo‘ziev, Lutfulla To‘raev, Abdulloh Olimov, Aleksandr Eshich, Oybek Qilichev, Husniddin G‘ofurov, Ulug‘bek Hoshimov.

Zaxirada: Akbar To‘raev, Shuhratillo Rahmonov, Darko Stanoevich, Shodiyor Xojimatov, Shahzod Ubaydullaev, Umar Adhamzoda, Sherzod Karimov, Fahriddin Muhammadov, Sunnatillo Abdullajonov, Izzatilla Abdullaev, Marko Sharich.

Qizig‘i, shundaki, Ilhom Mo‘minjonov jamoasi Turkiyada yig‘in o‘tkazayotganidan beri uchta nazorat uchrashuvini o‘tkazgan bo‘lsa, barchasida bir xil – 1:1 hisobi kuzatilmoqda.

"Neftchi"  - “KF LLAPI” (Kosovo) - 1:1

“Neftchi” – “Aksu” (Qozog‘iston) – 1:1

“Neftchi” – “Maktaaral” (Qozog‘iston) – 1:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!