"Neftchi" "Nasaf"ning oshini ilib ketmoqchi

  • 29 dekabr, 2023, 15:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq matubuotda Zoran Marushichning Superligaga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. 

Tecno

O‘zbekistonning ikki grand jamoalari "Nasaf" va "Paxtakor" serbiyalik forvardga qiziqish bildirayotgan edi.  SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, unga yana bir grand taklif bilan chiqmoqchi.

"Zoran Marushichga "Nasaf" taklif bilan chiqqan edi. Endi forvard uchun kurashga "Neftchi" xam qo‘shildi. Farg‘onaliklar gruziyalik hujumchi bilan muzokara o‘tkazmoqchi.

Agar Zoran Qarshiga ketishni tanlasa, "yo‘lbarslar" e’tiborni sobiq "ajdar" Lima Kruzga qaratishi mumkin. Shuningdek, Azizbek Amonov ham Levchenkoning shortlistida bor.

Farg‘onaliklar kelasi mavsumda ikkita teng kuchli tarkib bilan jangga kirishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, "Neftchi" safiga Turkiyada bo‘ladigan yig‘in chog‘ida boshqa bir (Lima, Amonov, Marushichdan tashqari) legioner xujumchi kelib qo‘shiladi. Aynan u "nayzaning asosiy uchi"ga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Zoran 2023 yilgi mavdumda "Dinamo" Tbilisi safida barcha musobaqalarda 37ta bahsda maydonga tushib, 18ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Raximov Anvar
30/12/2023 11:57
Марушич, Кенжабоев, Бобур Абдухолиқов, Амонов Насаф билан тайёргарлик кўриб ётибди.
Ishoq Ruziev
30/12/2023 19:23
Kenjaboyev Nasafda, qolgani noaniq hozircha
&
Адхамжон Низомов
29/12/2023 18:24
Акбар Тураев Санжардан яхши менимча
&
Bolelshik
29/12/2023 17:43
Левченко Нефтчини банкрот килиб кетмокчи, шекилли
Норов Абдужалил
29/12/2023 16:44
Марушич Сербиялик деб уйлаган эдим ва уни хужумчи деб юрардим. Химоячи була туриб шунча гол уриш яхши натижа
29/12/2023 21:01
Мазангиз йукми йоки хазиллашяпсизми