
"Neftchi" muxlislari uchun xushxabar!
Yangi mavsum uchun tarkibini sezilarli darajada kuchaytirayotgan “Neftchi” klubi muxlislarini xursand qiladigan transferlarni tayyorlamoqda.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Ikrom Aliboev ayni damda Farg‘onada. Vitaliy Levchenko legionerimizni o‘tgan mavsum ham o‘z jamoasida ko‘rmoqchi bo‘lgan, ammo transfer amalga oshmagan edi.
Ma’lumot uchun, Aliboev “Seonnam” safida K-Liga 2 chempionatida 17 ta uchrashuvda qatnashdi va 1 ta golli uzatmani berdi. Kubok bahsida esa u 1 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar