
"Neftchi" muxlislari uchun ajoyib xushxabar
Superliganing ikkinchi davrasi boshlanish arafasida "Neftchi" futbol klubida ish boshlagan ukrainalik mutaxassis Vitaliy Grigorevich Levchenko bugun Pro litsenziyasiga ega bo‘ldi.
Ukraina futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida faol qatnashgan Levchenko amaliy va nazariy dasturlarni puxta egallaganligi va o‘z ishiga yuksak mas’uliyat bilan yondashganligi tufayli bosh murabbiylar uchun zarur bo‘lgan Pro litsenziyani qo‘lga kiritdi.
O‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari "Dinamo" (Kiev), "Shaxtyor" (Donetsk), "Dnepr" (Dnepropetrovsk) va "Desna" (Chernigov) futbol jamoalarining ish tajribalari bilan bevosita tanishdi va o‘zi uchun muhim qonun-qoidalarni puxta o‘zlashtirib oldi.
"Neftchi" klubi matbuot xizmati
Fikrlar