"Neftchi" legioneri bilan shartnomani uzaytirdi

  • 2 dekabr, 2023, 19:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" klubi legioner o‘yinchilaridan biri Zoir Jzraboev bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqida klub matbuot xizmati quyidagicha xabar qiladi:

Tecno

"Zoir Jo‘raboev Tojikiston milliy terma jamoasining a’zosi sifatida qo‘shni davlat futbolini rivojlantirishga barakali hissa qo‘shgan sportchilaridan biridir. Ma’lum muddat "Surxon" futbol klubi tarkibida ham qizg‘in faoliyat yuritgan. "Neftchi"ga Vitaliy Levchenko bosh murabbiy etib tayinlangach, murabbiylar shtabi Zoir Jo‘raboevni Farg‘onada to‘p surishga taklif etdi.

jo‘raboev

Shu tariqa, futbolchi bu yilgi mavsumda "Neftchi"ning peshqadamlik sari dadil qadamlashida faol ishtirok etib, himoyachi sifatida jamoaning qator uchrashuvlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishi va nihoyat mavsumni peshqadamlar safida yakunlashiga munosib hissa qo‘shdi. Ana shularni hisobga olib klub rahbariyati u bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Zoir Jo‘raboev yakuniga etgan mavsumda O‘zbekiston Coca Cola Superligasi musobaqasida 25 uchrashuvda maydonga chiqib,  2065 daqiqa xarakat qildi. Mavsum  davomida bitta gol urishga erishgan va ikki golga assistentlik vazifasini bajargan".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!