"Neftchi" ikki nafar yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzoladi
Pro-liganing ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi.
Yozgi transfer oynasi kuchga kirganidan foydalangan klub mutasaddilari bugun jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilgan serbiyalik Aleksandr Eshich bilan rasmiy shartnoma imzoladilar.

Ma’lumot o‘rnida, Aleksandr Eshich 1994 yilda Serbiyaning Gorni Milanovats shahrida tavallud topgan. Ampluasi yarim himoyachi. Faoliyati davomida "Borats Chachak"," OFK Belgrad", "Vojdovats" va "Metalats" kabi klublarda to‘p surgan. So‘nggi jamoasi "Mladost Luchani" tarkibida 32 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishga erishdi.
Shuningdek, bugun "Neftchi" qarorgohida jamoaga kelib qo‘shilgan Oybek Qilichev bilan ham rasmiy shartnoma imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, Oybek Qilichev 1989 yilda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida tavallud topgan. Amplusi yarim himoyachi. Shu kungacha Superliganing "Navbahor"," Andijon", "Lokomotiv", "Paxtakor" va AGMK kabi klublarda faoliyat yuritgan. Farg‘onaliklar safiga qo‘shilishidan oldin birinchi davrani Navoiyning "Qizilqum" jamoasida o‘tkazib, 10 ta uchrashuvda maydonga tushirilgan va 2 ta golga mualliflik qilgan.
"Neftchi" matbuot xizmati.



Fikrlar