"Neftchi" futbolchisi poytaxt klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Neftchi" futbolchisi hisoblangan Anvar G‘ofurov transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali himoyachi faoliyatini poytaxtning "Bunyodkor" yoki OKMK klubida davom ettirishi mumkin. "Qaldirg‘ochlar" ham, olmaliqliklar ham 30 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, farg‘onaliklar o‘z futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot o‘rnida, G‘ofurov o‘tgan mavsum umumiy 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar