
"Neftchi" etakchilari murabbiylik uchun dastlabki qadamni tashlashdi
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida 6 dekabr kuni OFKning “V” diplomi uchun murabbiylik kursining 1-moduliga start berildi.
Xabarda aytilishicha, ushbu kursda instruktorlik vazifasini Shamil Iseev bajarmoqda. Unga Rustam Qurbonboev assistentlik qilmoqda. Kordinator vazifasini esa Davron Qudratullaev bajarmoqda.
Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Mazkur o‘quv kursi 6 kun davom etadi.
E’tiborli tomoni shundaki, o‘quv jarayonida “Neftchi” futbolchilari – Akmal Shorahmedov bilan Shavkat Mullajonov ham ishtirok etishyapti. Aftidan, ular murabbiylik uchun dastlabki qadamlarini tashlashgan ko‘rinadi.
Fikrlar