"Neftchi" - "Turon" uchrashuvini boshqargan hakamga qanday ball qo‘yildi?

  • 3 dekabr, 2020, 12:42
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

1 dekabr kuni Pro liganing so‘nggi turi doirasida Farg‘onaning “Neftchi” hamda Yaypanning “Turon” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Superliga yo‘llanmasini beruvchi o‘yin keskin kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida yaypanliklar vakili gol urib, jamoasini Superligaga olib chiqdi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng, farg‘onaliklar futbolchisi va muxlislar hakamni do‘pposladi. Ularning nazdida referi penalti belgilamagan. Shuning uchun bosh hakam Shavkat Nasibullaevni kaltaklashdi.

Vaholanki, PFL o‘yindan so‘ng bergan bayonotida Nasibullaev chiqargan qarorlar to‘g‘ri ekanligini bildirib, u 8.3 ballga loyiq ko‘rilgan.

Quyida ushbu o‘yin atrofidagi voqeliklarga bag‘ishlangan videoni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин. Ш.И
03/12/2020 19:16
Ушбу шов-шувларга бой чиройли ўтган ўзига хос дербини бошқариб борган ҳакамлар бригадасига гап йўқ +10 балл, афсуски финал ҳуштаги чалингач бошланган тала-тўпда ҳакамларимиз емаган сомсага ҳақ тўлашди.