
Nazorat o‘yinida "Olimpik"ning kuchi etmadi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Olimpik" bugun Olmaliqda OKMK jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Bahs nazorat uchrashuvi maqomida bo‘ldi va har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga binoan, 30 daqiqadan 4 ta taym davom etdi.
O‘yinda OKMK 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Olimpik" safida yagona golga Timur Tulegenov mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi
OKMK - "Olimpik" - 3:1
Gollar: Aziz Bahromov 21, Murod Ermatov, 51. Kleydi Datsi, 79 - Timur Tulegenov, 105
"Olimpik": Edem Nemanov, Ulug‘bek Sharipov, Shahzod Toirov, Mirkomil Abdurazzoqov, Maqsud A’loxo‘jaev, Sherzod Komilov, Nodir Abdixoliqov, Oybek O‘rmonjonov, Sunnatilla Abdullajonov, Akbar O‘ktamov, Anvar Alijonov.
Zaxiradan tushganlar: Shukron Yo‘ldoshev, Jahongir Bo‘riev, Abdulaziz Abdusalomov, Akbar Abdirasulov, Rustam Jahonov, Ahmad Anvarov, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Rian Islamov, Muhammadaziz Ibrohimov, Timur Tulegenov, Jaloliddin Sodiqov, Muhsin Bozorov, Olloyor Rahmatov.
"Olimpik" matbuot xizmati.
Fikrlar