Nazorat o‘yini. Norchaevning goli "Neftchi"ga g‘alaba keltirdi

  • 15 fevral, 2024, 20:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" bugun navbatdagi nazorat bahsida Rossiyaning "Sochi" klubi bilan bellashdi.

Tecno

O‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol 10-daqiqada farg‘onaliklarning iste’dodli hujumchisi Xusain Norchaev tomonidan kiritildi. Uchrashuv tengkurashlar ostida kechgan bo‘lsa ham, har ikkala jamoada hisobni o‘zgartirish borasida imkoniyatlar mavjud bo‘ldi, biroq hisob o‘zgarmadi.

"Neftchi" - "Sochi" 1:0
Gol: Xusain Norchaev 10' (1:0)

"NEFTChI": 12.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo‘raboev, 20.Anvar G‘ofurov, 4.Boyan Tsiger, 5.Manuchexr Safarov, 70.Abbos G‘ulomov, 11.Javoxir Qaxramonov, 26.Keterin Karp, 7.Jasur Jaloliddinov, 9.Mixay Roman, 40.Xusayn Norchaev

Zaxiradan qo‘shilganlar: Mirzoxid G‘ofurov, Muxsin Ubaydullaev, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Sanjar Qodirqulov, Diyor Turopov, Muxsin Ubaydullaev, Doniyor Valiev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!