
Nazorat o‘yini. "Dinamo" "Neftchi"ni mag‘lub etdi
Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida "Dinamo" va "Neftchi" jamoalari o‘zaro maydonga tushdi.
Toshkentda o‘tkazilgan nazorat bahsida Vadim Abramov shogirdlari Vitaliy Levchenko qo‘l ostidagi jamoani mag‘lub etdi – 2:1. Shu kuni ikki jamoa ham tarkibdagi bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi.
Gollarga Elnur Saidmuradov (17), Dushan Miyich (25) va Bexruz Obloqulov (22) mualliflik qildi.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Xurshid Ubaydullaev, Dushan Milich, Salim Mustafoev, Ulug‘bek Abdullaev, Javlon Malikov, Abubakir Mo‘ydinov, Dilshod Rahmatullaev, Kaxaber Kakashvili, Humoyunmirzo Iminov, Elnur Saitmurodov.
"Neftchi": Asror Kenjaev, Rahmonjon Ro‘ziev, Aslbek Toshtemirov, Marlen Chobanov, Afzal Zokirov, Nodir Axmadjonov, Shoxrux Yoqubjonov, Ali Xolmatov, Abdulvosid Vosidjonov, Bexruz Oblakulov, Legioner (ko‘rik).
Fikrlar