Nazorat o‘yini. "Dinamo" Janubiy Koreya chempioniga mag‘lub bo‘ldi

  • 25 yanvar, 19:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqandning "Dinamo" jamoasi BAAdagi yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Janubiy Koreyaning "Ulsan Hyunde" klubiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

Dubayda o‘tgan uchrashuvning 18-daqiqasida Marko Stanoevichning uzatmasidan keyin Mirjahon Mirahmadov to‘pni Ratinoga etkazdi va u hisobni ochdi – 1:0.

25-daqiqada koreyslar jarima zarbasidan keyin hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 55-daqiqada raqib o‘yinchisi chamasi 35 metrdan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi – 2:1. 

"Dinamo"ning asosiy tarkibi: Ravshanbek Yagudin, Manuchehr Safarov, Oleksandr Kucherenko, Mirjalol Jumaboev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, Ratino, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Oybek O‘rmonjonov, Firdavs Abdurahmonov, Mirjahon Mirahmadov.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!