
"Navruz Cup". Final va 3-o‘rin uchun bahsni boshqarib boradigan hakamlar ma’lum
Xabaringiz bor, Namanganda "Navruz Cup" turniri o‘tkazilmoqda.
Turnirning 3-o‘rini uchun kechadigan o‘yin — Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi bahsni Akobirxo‘ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Aleksandr Sidorov yordam beradi. Rustam Lutfullin esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, Uganda va O‘zbekiston o‘rtasidagi final uchrashuvida bosh hakamlik Sayyodjon Zayniddinovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi esa Nasrullo Kabirovga yuklatilgan.
Fikrlar