
"Navbahor"ning yangi mavsumda rejalari qanday bo‘ladi? Tarkib kuchaytiriladimi? - Namangan viloyati hokimi javob berdi
Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionda viloyat hokimi, jamoa mutasaddilari va klub muxlislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Unda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishqibozlarga murojaat qildi. Hokim jamoa o‘z yo‘lida davom etishi, maqsadi o‘zgarmasligini bildirdi.
- Muxlislar hech ham xavotir olishmasin, yangi mavsumda ham “Navbahor”ning maqsadlari o‘zgarmaydi va jamoa tarkibi yanada kuchayadi. Biz “Navbahor” ishqibozlariga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz, - dedi Shavkat Abdurazzoqov.
Fikrlar