
"Navbahor"ning taqdiri nima bo‘ladi?
Mana mavsum yakuniga ham 4 ta tur qoldi. Mavsum boshida chempionlikni maqsad qilgan Namanganning "Navbahor" klubining taqdiri nima bo‘ladi?
"Navbahor" hali-hamon kelasi mavsum uchun rejasini tuzgani yo‘q. Ayni damda, viloyat hokimi oldida ikki yo‘l bor. Kuchli murabbiy olib kelgan xolda, tarkibni o‘zagini saqlab qolib yanada jamoani kuchaytirish, yoki Sergey Lushchanni postida qoldirib, e’tiborni yoshlarga qaratish.
Abror Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Yovan Jokich, Toma Tabatadze va Odil Hamrobekovlarni ketishi yoki qolishi aynan viloyat hokimining qaroriga bog‘liq. Bu yigitlardan tashqari, "Navbahor"ning ko‘plab a’zolarida yangi jamoalardan takliflar bor.
Sizningcha, bugungi "Navbahor" uchun qaysi harakat vektorini tanlash to‘g‘ri qaror bo‘ladi?
Fikrlar