
"Navbahor"ning sobiq ustozi: Keyingi hafta kelajagim hal bo‘ladi
Rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis yana murabbiylikka qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Keyingi hafta murabbiylik kelajagim hal bo‘ladi. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, men sobiq sovet ittifoqining Osiyo qismidagi jamoalardan birida ish boshllayman. U erdan menga taklif bo‘lyapti va bu yaxshi albatta”, - dedi Kanchelskis.
Hozircha 54 yoshli mutaxassisga aynan qaysi davlatdan taklif bo‘layotgani ma’lum qilinmayapti. Ammo bundan avvalroq unga Qirg‘iziston terma jamoasidan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Kanchelskis "Navbahor", "Solaris", "Yurmala", "Ufa" va "Torpedo-ZIL" klublarini boshqargan.
Fikrlar