“Navbahor”ning sobiq ustozi Gvardiola qo‘l ostida malaka oshirmoqchi

  • 10 oktabr, 2024, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘l ostida malaka oshirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Yaqinda Kanchelskis o‘zi o‘ynagan klub – “Manchester Yunayted”da malaka oshirish imkoniyati cheklangani, chunki niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xag o‘z mashg‘ulotlarini yopiq tarzda olib borishini ta’kidlagan edi.

- Bilishimcha, Xosep Gvardiola Erik ten Xag singari hamma narsani yashiradigan murabbiy emas. Erik hamma narsani yopiq saqlaydi, niderlandiyaliklar g‘alati bo‘ladi.

Menga Gvardiola mashg‘ulotlariga qo‘shilish va bu jarayonni bevosita kkzatish qiziq, - dedi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!