"Navbahor"ning bugunga rejalashtirgan o‘yini bor

  • 19 fevral, 2022, 10:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Navbahor" Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Samvel Babayan jamoasini yangi mavsumga xorijda tayyorlamoqda.

"Lochinlar" yig‘in davomida bir qator nazorat bahslari o‘tkazdi. Ulur bugun navbatdagi raqib bilan bellashadi. Namanganliklar bu gal Rossiyaning "Tom" jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" bir necha kun avval xorij yig‘ini payti O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!