"Navbahor"ning asosiy futbolchilaridan biri "Neftchi"ga o‘tmoqda

  • 8 dekabr, 2024, 13:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Neftchi" kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Klub "Navbahor"ning asosiy futbolchilaridan birini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. 

"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, "yo‘lbarslar" Yovan Jokich bilan kelishuvga erishgan. Tayanch yarim himoyachisi faoliyatini Farg‘ona klubida davom ettiradi. 

Yakuniga etgan mavsum "Navbahor" tarkibida Superliganing barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan Jokichning klub bilan tuzgan shartnomasi o‘z nihoyasiga etdi. 

2022 yili OKMKdan Namangan jamoasiga kelib qo‘shilgan 32 yoshli futbolchi 2 yillik faoliyatidan keyin O‘zbekistonning boshqa bir klubiga o‘tmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!