
"Navbahor"ning "Al-Ittihod"ga qarshi Namangandagi bahsini qaysi hakam boshqarishi e’lon qilindi
Xabaringiz bor, Namanganning "Navbahor" klubi Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 15 fevral kuni Namanganda bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinni yaponiyalik referi Iida Jumpei boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Osiyo Chempionlar ligasi. 1/8 final
15 fevral, payshanba. Namangan. Markaziy stadion
"Navbahor" (O‘zbekiston) – "Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
Bosh hakam: Iida Jumpei (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Vatanabe Kota, Takagi Takumi (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Araki Yusuke (Yaponiya)
VAR: Kimura Xiroyuki (Yaponiya)
VAR assistenti: Xiroki Kasaxara (Yaponiya)
Nazoratchi: Visva Natxan Krishnan (Singapur)
Komissar: Mindu Dorji (Butan)
Mahalliy media ofitser: Sherzod Rajabov
Mahalliy bosh koordinator: Diyor Xotamqulov.
Fikrlar