"Navbahor"ga qarshi o‘yindan keyin "Al-Hilol" bosh murabbiyi iste’foga chiqishi mumkin

  • 21 sentabr, 2023, 05:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Al-Hilol" OChL 1-turida "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Ushbu matchdan keyin klub muxlislari bosh murabbiy Jorje Jezushdan jahli chiqqan. Ularga jamoaning ko‘rsatgan o‘yini ma’qul kelmadi va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z noroziliklarini bildirdi. 

Tecno

Insayder Rudi Galetti xabar berishicha, riyodliklar rahbariyati va portugaliyalik mutaxassisning agenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Agar jamoaning o‘yinida o‘zgarish bo‘lmasa, Jezush bilan muddatidan oldin shartnoma bekor qilinishi ma’lum qilingan. U bilan 2024 yilning yoziga qadar bitim imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" ayni paytda Saudiya chempionatida 1-o‘rinda ketmoqda. Klubni oldinda "Damak"ga qarshi bahs kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!