"Navbahor"dan kimlar ketganini bilasizmi?

  • 6 yanvar, 2024, 00:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Samvel Babayan boshqaruvidagi "Navbahor" klubida ham o‘zgarishlar yuz beryapti. Tarkibga yangi o‘yinchilar qo‘shib olinayotgani bilan bir qatorda yo‘qotishlar ham bor. Klub matbuot xizmati "Navbahor"dan ketgan o‘yinchilarni rasman e’lon qildi. 

Tecno

Hozirgacha hammasi bo‘lib 6 nafar o‘yinchi klubni tark etgan. Bular - himoyachilar - Igor Golban, Shahboz Jo‘rabekov, yarim himoyachilar – Oston O‘runov, Jasurbek Yaxshiboev va Doniyor Abdumannopov hamda hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov.

navbahor ketganlar 

"Navbahor" klubi ushbu futbolchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Saytimiz orqali xabar berib o‘tganimizdek, hozirga qadar Abduholiqov "Bunyodkor"ga, Golban esa "Nasaf"ga qaytdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурад Умаров
06/01/2024 08:56
НАСАФ 2024 чемпион ин ША ОЛЛОХ.