“Navbahor”dan ketgan Kanchelskis Rossiya futboliga ham “tanqid toshlari”ni otmoqda

  • 31 oktabr, 2020, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiya premer-ligasining Evrokuboklarda ishtirok etayotgan kuchli klublari haqidagi fikrlarini bildirdi.

Tecno

- “Krasnodar” o‘z maydonida “Chelsi”ga 0:4 hisobida yutqazdi, murabbiy esa 75 daqiqa davomida jamoa yaxshi o‘ynaganini ta’kidlayapti. Bu g‘alatiku. Bizning davrimizda yirik hisobda yutqazgan futbolchilar uyatdan boshini tuyaqush kabi qumga tiqib olardi va jim o‘tirardi. Hozir turli izohlar berishga o‘rganib qolishdi. Bu kulgili holat. Uyalish kerak. Balki ular futbolni boshqacha baholar.

TsSKA yaxshi o‘ynadi. Ularga ozgina omad etishmadi. Omad har doim kerak. “Lokomotiv” mag‘lub bo‘ldi. Bu yomon, albatta. G‘alaba qozonilgan o‘yin yaxshi hisoblanadi. Durang bo‘lsa, yomon emas, deymiz. Oddiy kriteriyalar bu.

“Zenit” tabiiyki, guruhdan chiqish uchun kurashishi kerak. Afsuski, ichki chempionatimiz etarli darajada kuchli emas. Osmondan erga tushib, asl holatga tik qarash kerak, parovozning oldiga tushib olib, hammasi zo‘rligini ovoza qilish yaramaydi, - dedi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
31/10/2020 23:05
Энди бекорчи канча гапирса булаверади
Abduvali Rustamov
02/11/2020 09:22
Toppa togri 0:4 ga yep yana zor oynadik deyish bu axmoqning gapi.Kanchelskis Navbaxorda yevropa futbolini shakillantirayotgandi afsus ketgani yomon boldi
&
Liverpool fan
31/10/2020 22:29
Тугри Россия клублари жуда хам ёмон уйин курсатвоти
Javlon Abdullaev
31/10/2020 22:03
juda tóg'ri gapirgan