"Navbahor"da ichki muhit qanaqa? Andrey Kanchelskis bu savolga javob berdi

  • 14 iyul, 2020, 08:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tecno

Uchrashuv qiyin kechdi. Bunga yigitlarning ruhiy holatlari ham sabab bo‘lgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Boisi, o‘zingizga ma’lum, “Bunyodkor”ning bir nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan. Bir tur oldin esa jamoamiz aynan “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushgandi.

Shu sababli, kecha klub qarorgohi dezinfektsiya qilindi, barcha futbolchilar koronavirusga test topshirdi. Xudoga shukr, test natijalariga ko‘ra, jamoamiz a’zolarida kasallik qayd etilmadi.

Shunday bo‘lsa-da, shogirdlarimni “Bunyodkor”da yuz bergan holat xavotirga, tashvishga solgan. Chunki yigitlar o‘sha futbolchiga  qarshi o‘ynagan. Bu holatni tushunaman, ularning ham oilalari bor. Ushbu omil  ham jamoamiz o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazdi, menimcha.

Nima bo‘lgan taqdirdayam, biz 3 ochkoni qo‘lga kiritishga  muvaffaq bo‘ldik. O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, yigitlarning ruhan o‘zlariga kelib olishlari uchun zafar quchishimiz lozim edi va 3 ochko bizga juda zarur edi.

O‘z niyatimizga etdik. Futbolchilarga maydondagi jonkuyarliklari va ishtiyoqlari uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman. Endi keyingi, ya’ni “Surxon” bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Jamoada ichki muhit yaxshimi? Boisi, ayrim vaziyatlarda “Navbahor” futbolchilari bir-birlari bilan tortishishgacha borishdi...

Yana bir marta ta’kidlayman, bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Axir, barchaning oilasi bor. Shuningdek, futbol o‘yini paytida jamoadoshlarning, shuningdek, darvozabon va himoyachilarning bir-biri bilan dahanaki jangga borishlari normal holat.

O‘zim bir paytlari to‘p surgan “Manchester Yunayted”dagi holatni esga oladigan bo‘lsam, darvozabon Peter Shmeyxel hamda himoyachilar – Garri Pallister hamda Stiv Bryus o‘yin paytida bir-birlari bilan hattoki, mushtlashib ketishiga oz qolardi.

Uchrashuv yakunlaganidan keyin esa quchoqlashib, birga dam olib, restoranga borib ovqatlanishardi.

Umuman olganda, o‘yin og‘ir  kechdi va ruhiy taraflama ushbu yutuq bizga juda zarur edi.

“Navbahor”da ichki muhit juda yaxshi.

- O‘tgan safar jamoadagi ayrim futbolchilarning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayotganligingizni ta’kidlagandingiz. O‘sha o‘yinchilarning kimlar ekanligini ochiq-oydin ayta olasizmi?

- Yo‘q, ularning ism-shariflarini ayta olmayman. Chunki bu klubning ichki ishi. Biz bu borada mavsum yakunida bir xulosaga kelamiz.

Men futbolchilarning o‘yinlarida o‘sish kuzatilib, har bir uchrashuvda yaxshi o‘yin namoyish etishlarini xohlayman.

Kimdir o‘z imkoniyatlari darajasida to‘p suryapti, kimningdir o‘yini unchalik qovushmayapti, boshqasi esa koronavirusdan qo‘rqyapti va hokazo.  Ayni paytda o‘sha futbolchilarning nomlarini aytish noto‘g‘ri. Bu haqda mavsum yakunlanganidan so‘ng, gaplashamiz.

Albatta, jamoaning bugungi o‘yinidan qoniqish hosil qilmadim, lekin yigitlarga maydondagi jonkuyarliklari va ishtiyoqlari uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman.

- Superliga keyingi tur bahslarining Toshkentda markazlashgan holda o‘tkazilishi borasidagi fikringiz...

- Menimcha, bu hali aniq emas. Erta yoki indinga bu masalani O‘zbekiston Professional futbol ligasi mutasaddilari bilan muhokama qilamiz. Menga qolsa, qadrdon maydonimizda o‘ynaganimiz yaxshi.

Butun dunyoda pandemiya ekanligini tushunib turibmiz. Umid qilamanki, bu borada O‘zbekiston futboli mutasaddilari to‘g‘ri qaror qabul qilishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
14/07/2020 16:59
Тугри айтасиз пухта режа кузга ташланмаяпти кечаги уйинда кизилкумга карши уйинда Навбахор химаячилари ута бош уйнади. Кучлиро каманда боганда Навбахорни шарманда килиб голар йомгирини йогдирарди.
&
Rustamov Dilmurod
15/07/2020 05:24
Oʻyinlar jamoalar xar xil lekin oʻyin taktikasi bir xil xujumkor oʻynab goʻllar urib oladigan paytimizda qarshi hujumda oʻynayapmiz paxta DAN olgan yosh oʻyinchi ni oʻyini yaxshi ekan koʻproq imkoniyat berib butunlay navbaxorga tegishli qilish kerak chunki pahta oʻta ayyor Turguboyev va Oʻrunov tajribalaridan tugʻri xulosa chiqargan xolda navbahorni keyingi mavsumga xam tayyorlab borish kerak Nasaf tajribasi bunga misol qachongacha tayyor uyinchi olamiz bunyodkor va Nasaf Navbaxorga qilayotgan rasxotni yarmini xam qilmayapti biz bilsak xalixam Andijon bilan durang oʻynab avudsaydirga penaltidan gol urib toʻrta gol oʻtkazvordik xissob chunki tajribasi bor hujumchilar boʻlganda 100 foizga gol edi NABAHORIM oʻyinchilari bunday futbol oʻynab bulmaydi
Рашид Хожаханов
14/07/2020 10:41
Навбахорда махоратли тажрибали яхши уйинчилар жамланган таркиб кучли мухлислари зур. Лекин уйин тактикаси яхши йулга куйилмаган уйинчиларни жисмоний ва рухий холатига яхши этибор бериб асосий таркибни танлаб олиш керак. Манимча мураббий жиддийрок этибор бериш керак бу имкониятлардан фойдаланиш керак