"Navbahor" yutqazib qo‘yishi mumkin?! Nega?

  • 24 oktabr, 2022, 00:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

24-26 oktyabr kunlari Superligamizda 23-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Jo‘jani kuzda sanaymiz, degan naqlga hozir rosa amal qilinadigan payt-da. Kimdir ochko yo‘qotsa, bu juda qimmatga tushadigan vaziyat.

Tecno

Muxlislar yaxshi bilgan mutaxassislardan biri Bahrom Haydarov tur oldidan klublarning imkoniyatlari borasida o‘zining qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

24 oktyabr (dushanba)

“Surxon” – “Qizilqum”

- “Surxon” “podyom”da. Ko‘rinib turibdiki, barqaror o‘yin ko‘rsatishyapti. To‘g‘ri, xatosiz jamoa bo‘lmaydi. Lekin o‘yini ancha yaxshi tomonga o‘zgargan. “Qizilqum”da tajribali futbolchilar bor. Navoiyliklar o‘tgan turda mag‘lubiyatga uchrashdi. Ular ham jon-jahdi bilan kurashishadi. Lekin “Surxon” shu uchrashuvda 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, Superligada qolish uchun imkoniyati yanada oshib ketadi va bemalol qoladi. Shuni hisobga olganda, o‘ylaymanki, minimal hisobda “Surxon” yutsa kerak.

“Paxtakor” – “Lokomotiv”

- “Lokomotiv”ning holatiga kelsak, garchi undan keyin “Qo‘qon-1912” jamoasi turgan bo‘lsa ham hozir eng og‘iri “Lokomotiv”ga bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Chunki jamoada mojarolar bo‘ldi, murabbiylar tez-tez almashyapti. Tarkibda ham yoshlar ko‘p. Qiyin pallada o‘yinni o‘z qo‘liga oladigan o‘yinchilar ham kam. “Paxtakor” chempionlik uchun kurashyapti. Shu bois ular katta qiyinchiliksiz yutsa kerak

25 oktyabr (seshanba)

“Metallurg” – “Neftchi”

- Ikkala jamoaning imkoniyatlarini teng baholayman. Oxirgi 5-6 ta turda “Metallurg” ham, “Neftchi” ham barqaror o‘yin namoyish etishyapti. Ushbu to‘qnashuvda ko‘proq durang natijani taxmin qilyapman.

neftchi_3

“Navbahor” – “Olimpik”

- “Olimpik”dagi futbolchilarni hamma yoshlar deb aytishyapti-ku, lekin uning zamiriga qarasak, terma jamoa o‘zagini tashkil qilishyapti. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining asosiy futbolchilaridir. O‘yinchilari ham rosa yuguradigan yoshda. “Olimpik” har qanday jamoani yutishga qodir. Yoshlarga safarda bo‘ladimi yoki uyidami, farqi yo‘q. Lekin “Navbahor” chempionlikka kurashyapti va o‘z maydonida o‘ynayotgani uchun imkoniyatlarni 60\40 baholagan bo‘lardim. Namanganliklar minimal hisobda yutishi mumkin. Agar imkoniyatlardan foydalana olmasa yutqazib qo‘yishi ham mumkin.

“Nasaf” – “Bunyodkor”

- O‘ylaymanki, “Nasaf” o‘z uyidagi bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormasa kerak. Birinchi navbatda chempionlikka bunchalik yaqin kelmagandi. Buning ustiga o‘z maydonida to‘p suradi. Nazarimda, qarshiliklar ikkita to‘p farqi bilan yutadi.

26 oktyabr (chorshanba)

“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona”

- Oxirgi paytlarda ikkala jamoa o‘yinida ham biroz sustkashlik bo‘lyapti. Lekin qo‘qonliklarning o‘yinini ko‘rsangiz omad kelmayotganiga guvoh bo‘lasiz. Qaysidir uchrashuvda bu klub “ochilib”, qiyin vaziyatdan chiqib ketishi kerak. Agar “Qo‘qon-1912” ushbu o‘yinda ham g‘alaba qozonmasa u holda ularning ahvoli ancha qiyinlashib qoladi. Yutadigan bo‘lsa, “Lokomotiv”dan o‘tib ketishi mumkin. “So‘g‘diyona” o‘yinida biroz inqiroz kuzatilyapti. Ruhiy taraflama ham tushkunlikka tushib qolishgan. Shularni hisobga olganda, 60\40 qo‘qonliklar foydasiga.

so‘g‘diyon_2

AGMK – “Dinamo”   

- Hammaga ma’lum, “Dinamo”da Superligada qolish uchun deyarli imkoniyat qolmadi. Futbolchilar jamoa sha’ni uchun kurashishyapti, xolos. AGMK oxirgi paytlarda yutgani sababli yana sovrinli o‘rinlarga kurashish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. O‘ylaymanki, AGMK o‘z uyidagi imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormaydi. Imkoniyatlar 70\30.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
24/10/2022 08:55
Шунингдек, бу турда Металлург, Пахтакор, АГМК ва Насаф очко йукотишмаса керак.
&
● 10 ●
24/10/2022 08:54
Бу турда Навбахор ва Кукон 1912 жамоалари аник галаба козонади. Чунки уларнинг ракиби "куплю продажа".....
Khamalov Ali Muhammad
24/10/2022 08:24
Бу тур 2 та сенсация булади бири бугун Тошкенда эртага эса Каршида