
"Navbahor" yozgi yig‘inni Belarusda o‘tkazadi
"Navbahor" klubi ertadan, ya’ni, 16 iyuldan joriy mavsumning 2-davra bahslariga tayyorgarlikni boshlashadi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Lochinlar” chorshanba tongida Toshkentdan Belarus poytaxti Minsk shahriga jo‘nab ketishadi.
Sergey Lushchan shogirdlari davralar oralig‘idagi tanaffusda Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishadi. Xorij yig‘ini doirasida “Navbahor” nazorat uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan.
Raqib jamoalar va nazorat o‘yinlarining sanasi borasida keyinchalik aniq ma’lumot berilishi xabarda yozib o‘tilgan.
"Navbahor" u erdan 29 iyul kuni yurtimizga qaytishadi.
Ma’lumot uchun, namanganliklar Superliga 2-davrasining dastlabki o‘yinini 2 avgust kuni Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar