
"Navbahor" yoshlar jamoasiga yangi bosh murabbiyi!
Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashabbusi bilan viloyatimizda millionlar o‘yini bo‘lgan futbol, shu jumladan, bolalar va yoshlar futboliga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Namanganda iqtidorli hamda iste’dodli yosh futbolchilarni viloyatimizning bosh jamoasi “Navbahor” va O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga etishtirib berish maqsadida, “Navbahor-U-21” yoshlar jamoasiga bungacha “Paxtakor” klubi hamda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritgan, o‘zbek futbolidagi ko‘plab iqtidorli futbolchilar, jumladan, 2023 yili O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Abbosbek Fayzullaevning ustozi, 1979 yili aviahalokatga uchragan “Paxtakor”ning taniqli futbolchilaridan biri Mixail Anning o‘g‘li Dmitriy Mixaylovich An murabbiy etib tayinlandi. Dmitriy An klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar