"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Asosiy yig‘in qachon?

  • 16 dekabr, 2024, 17:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun "Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining birinchi qismini boshladi. Mazkur yig‘in 10 kun  davom etadi.

Mashg‘ulotda asosan, jamoada ko‘rikdan o‘tayotgan mahalliy o‘yinchilar ishtirok etishdi va uni Sergey Lushchan boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillari olib borishdi. Ushbu ko‘rik davomida o‘zini ijobiy tomondan namoyish etgan futbolchilar bilan murabbiylar shtabi xulosasiga ko‘ra, shartnoma imzolanishi mumkin. 

"Lochinlar"ning asosiy yig‘ini 2025 yil 5 yanvarda boshlanadi. Unda jamoa bilan shartnomaga ega bo‘lgan va etakchi futbolchilar ishtirok etishadi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!