
"Navbahor" yangi mavsumga BAA va Turkiyada tayyorgarlik ko‘radi
Chempionatda 2-o‘rinni egallab, Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Navbahor” klubi oldida yangi mavsumda yanada dolzarb va o‘ta jiddiy vazifalar turibdi. Shu sababdan namanganliklar yangi mavsumga har qachongidan ko‘ra jiddiy tayyorgarlik ko‘radilar.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, “Navbahor” ilk yig‘inini Namanganda 20 dekabrdan boshlaydi. Tayyorgarlikning asosiy bosqichiga yanvar oyidan kirishiladi.
Jumladan, 6 yanvarda jamoa a’zolari BAAning Dubday shahriga jo‘nab ketadi. U erdagi mashg‘ulotlar 21 yanvarga qadar davom ettiriladi. Fevral boshlarida esa ikkinchi xorij yig‘inini o‘tkazish maqsadida Turkiyaga yo‘l olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar