
"Navbahor" yagona gol evaziga g‘alaba qozondi
Dubayda shug‘ullanayotgan "Navbahor" o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan so‘ng bu safar g‘alaba qozondi.
Xitoy Superligasi vakili, o‘tgan mavsumda bronza medalini qo‘lga kiritgan “Chengdu” (Chengdu) jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda “lochinlar”ning qo‘li baland keldi - 1:0.
Yagona gol Navro‘zbek Iminjonov hisobiga yozildi.
"Navbahor" tarkibi: Shukron Yo‘ldoshev, Sergey Karpovich, Gilermo Gedesh, Saidazamat Mirsaidov, Igor Gabriel, Benjamin Teddi, Abbos G‘ulomov, Sherzod G‘ulomjonov, Shahzod Ubaydullaev, Shohmalik Komilov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umidjon Ergashev, Shahzod Toirov, Mirzohid G‘ofurov, Ruslanbek Jiyanov, Zabihillo O‘rinboev, Navro‘zbek Iminjonov.
"Navbahor"ning BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat bahsini 9 fevral kuni BAAning “Royal” (Dubay) jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar