
"Navbahor" Xorvatiya jamoasiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
"Navbahor" jamoasi bugun Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ilk nazorat bahsini Xorvatiyaning "HNK Vukovar 1991" jamoasiga qarshi o‘tkazdi. O‘yin xorvatiyaliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur uchrashuvda "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushan ikkita bo‘limda ikki xil tarkibni maydonga tushirib, futbolchilarning jismoniy holatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, "lochinlar” keyingi nazorat uchrashuvini 3 fevral kuni Rossiyaning “Rodina” (Moskva) jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar