
"Navbahor" Tojikiston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Navbahor" jamoasi Tojikistonning "Xo‘jand" klubi ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarning bari ikkinchi bo‘limda kiritildi. 68-daqiqada himoyachi Luka Chermel hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Shohruz Norxonov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Golbanning goli esa bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "Navbahor" Superliganing birinchi turida "Qizilqum"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar