"Navbahor" Superliga debyutantiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

  • 9 oktabr, 2021, 19:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan Coca Cola Superligada tanaffus yuzaga keldi.

Tecno

Mazkur tanaffus paytida futbolchilarning o‘yin amaliyotlarini saqlab turish maqsadida, “Navbahor” bugun Toshkentdagi “Jar” stadionida Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur o‘yinda hisob ochilmadi – 0:0.

Ushbu bahsda “lochinlar” tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishdi: Rahimjon Davronov, Boyan Tsiger, Xushnudbek Avilov, Sardor Telyakov, Ivan Solovyov, Quvondiq Ro‘ziev, Kosta Guttiner, Mirzohid G‘ofurov, Ibrohim G‘anixonov, Ilhomjon Alijonov, Abbos G‘ulomov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Islombek Isoqjonov, Shohruh Mahmudhojiev, Mirzohid Mirzamahmudov, Tohir Rafaelov, Husayn Ergashboev. 

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur o‘yin 17 oktyabr kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 17:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!