"Navbahor" serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

  • 31 iyul, 2023, 20:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik tajribali himoyachi Filip Ivanovich "Navbahor"  bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ivanovich 1992 yil, 13 fevralda Serbiyaning Aranjelovats shahrida tug‘ilgan.

serb

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Xayduk” (Belgrad, 2010-2011, 2013 yillar), “Zvezdara” (Belgrad, 2010-2014 yillar), “Lokomotiva” (Belgrad, 2014 yil), FK “Bejaniya” (Belgrad, 2015 yil), FK “Sloga 33” (Petrovats, 2016 yil), “Injiya” (Injiya, 2016-2017 yillar), “Radnik” (Surdulitsa, 2017-2018 yillar), Ozarbayjonning “Sabax” (Boku, 2018-2021 yillar), Albaniyaning “Teuta” (Durris, 2021-2022 yillar) jamoalarida to‘p tepgan.

Filip Ivanovich 2022/2023 yillar mavsumida “Radnichki” (Kraguevats, Serbiya) tarkibida o‘ynadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!