"Navbahor" safida yangi legioner paydo bo‘lishi mumkin. U Superliga klubida o‘ynagan
Mavsum yakunlanishi bilan "Navbahor" klubi atrofida xabarlar tinmayapti. Jamoani tark etayotganlar ham etarli.
JAY Sport`ning ma’lum qilishicha, "Navbahor" Qirg‘iz respublikasi terma jamoasi a’zosi Odiljon Abdurahmanovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Yarim himoyachi uchun "lochinlar" asosiy da’vogar sanalmoqda.
Futbolchi 2022-2023 yillari Qozog‘istonning "Maktaaral" klubi safida to‘p tepdi. Shuningdek, Odiljon Abdurahmanov 2021-2022 yillar Toshkentning "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan.
2016 yildan Qirg‘iziston milliy terma jamoasida to‘p tepadi. Uning transfermarkt portalidagi narxi 200 ming evroni tashkil etadi.
"Navbahor"ni "Paxtakor" va "Nasaf" bilan bog‘laydigan statistika





Fikrlar