
"Navbahor" qay tarzda mag‘lubiyatga uchradi?
Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan “Navbahor” kecha mazkur yig‘in doirasida Rossiya Premer-ligasi vakili “Ximki” (Ximki) klubiga qarshi nazorat-sinov o‘yinini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki jamoa murabbiylari kelishuviga ko‘ra, mazkur bahs yopiq tarzda o‘tkazildi va unda vakillarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, rossiyaliklar 30-daqiqada urilgan gol hisobiga tanaffusga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi taymda hujumkorlikni kuchaytirgan Samvel Babayan shogirdlari 60-daqiqada navbatdagi urunishdan so‘ng, jamoa sardori Azimjon Ahmedovning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi - 1:1. Biroq durang natijani saqlab qolish "lochinlar"ga nasib etmadi. Boisi, 70-daqiqada ximkiliklar yana bitta to‘p kiritib, yakunda 2:1 hisobida zafar quchishdi.
“Navbahor” mazkur yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini 19 fevral kuni Rossiyaning “Arsenal” (Tula) klubiga qarshi o‘tkazishni rejalashtirishgan.
Fikrlar