
“Navbahor” o‘yiniga chiptalar narxi arzonlashdimi?
Odatda "Navbahor"ning uy o‘yinlariga chiptalarning eng arzoni 15 ming so‘mdan sotilardi. Endi bu gal chiptaning narxi tushganini ko‘rdik.
Klub rasmiy sayti 2 iyul kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda O‘zbekiston Liga kubogi 2-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv chiptalarining narxi 10 ming so‘mdan ekanligini ma’lum qildi. Balki bu Superliga emas, Liga kubogi bo‘lgani uchun chiptalar narxi kamaytirilgandir.
Oxirgi turlarda "Markaziy" o‘yingohda chiptalar narxi balandligi muxlislarga qimmatlik qilayotgandi. Bu borada klub ishqibozlari o‘zlarining telegramdagi kanallari orqali ma’lum qilishgandi.
Biz klubning chiptalari narxi sotilishiga aralashmoqchi emasmiz. Xohlagan narxida sotib, foyda ko‘rish klubning ishi. Biroq ishqibozlar fikriga ham e’tibor qaratilsa, ayni muddao bo‘lardi.
Fikrlar
Шундай эмасми ???