"Navbahor" nihoyat bu ishni uddaladi!
Ayni vaqtda davom etayotgan Superliga 5-turidan o‘rin olgan qoldirilgan "Nasaf" - "Navbahor" bahsida "lochinlar" futbolchisi Giorgi Nikabadze 3-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu namanganliklarning Superligada 24 maydan buyon kiritgan ilk goli bo‘ldi. Shu vaqtga qadar "Navbahor" O‘zbekiston Superligasi doirasida 4 ta o‘yinda ishtirok etib, biror marotaba ham raqiblari darvozasini ishg‘ol eta olmagan.
Shu tariqa, namanganliklarning Superligadagi golsiz seriyasi yakuniga etdi.



Fikrlar