"Navbahor" mashg‘ulotlariga braziliyalik himoyachi kelib qo‘shildi

  • 16 yanvar, 10:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning "Navbahor" jamoasi 11 yanvar sanasida braziliyalik himoyachi Gilerme Gedeshni o‘z safiga qo‘shib olgandi. 

"Lochinlar" matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, janubiy amerikalik futbolchi "lochinlar"ning bugungi mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgan. 

"Jamoamiz a’zolari uni iliq kutib oldi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda. 

1999 yilda tug‘ilgan chap qanot himoyachisi faoliyati davomida o‘ynagan eng katta klubi - "Gremio" sanaladi. O‘z vaqtida ayni shu klubda uning transfer qiymati 1 million evrogacha chiqqan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!