"Navbahor" mashg‘ulotlarga qaytdi. Tarkibda kimlar yo‘q?

  • 21 sentabr, 2022, 09:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Namanganliklar matbuot xizmati jamoaning mazkur o‘yinga tayyorgarlikni boshlagani haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, kechagi mashg‘ulot “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida bo‘lib o‘tdi hamda uni Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib bordi.

Rossiyalik tajribali hujumchi Aleksandr Kasyan va mahoratli yarim himoyachi Muhammadbobir Muydinov individual tarzda mashqlar bajarishdi.

nam

Shuningdek, O‘tkir Yusupov bilan Rustam Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga, Mirlan Murzoev esa Qirg‘iziston terma jamoasi yig‘iniga jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Navbahor” o‘yini 1 oktyabr kuni soat 18:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!