"Navbahor" "Lokomotiv"ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

  • 29 may, 2021, 21:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va OK-2023 qo‘shma saralash musobaqalarida ishtirok etishi munosabati bilan Superliga bahslarida bir oylik tanaffus yuzaga keldi.

Tecno

Mazkur tanaffus paytida futbolchilarning o‘yin amaliyotini saqlab turish maqsadida “Navbahor” bugun Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. 

Mazkur o‘yinning 1-bo‘limida hisob ochilmadi hamda jamoalar tanaffusga 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yo‘l olishdi.

navba=or_1

Ikkinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘liga olgan Viktor Jalilov shogirdlari Ivan Solovyov, Abbos G‘ulomov va zaxiradan maydonga tushirilgan Sherzod G‘ulomjonovning jarima zarbasidan urgan gollari evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Uchrashuv yakunida “temiryo‘lchilar”ning tajribali hujumchisi Marat Bikmaev to‘p kiritib, hisobdagi farqni qisqartirdi – 1:3.

Shu tariqa, “lochinlar” ushbu o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.         

Ta’kidlash joizki, mazkur bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan jamoa sardori Azimjon Ahmedov ham maydonga tushdi. 

“Navbahor” futbolchilari bugun Namanganga qaytib, yana mashg‘ulotlarni davom ettirishadi.    

Mashg‘ulotlarda futbolchilarga kuch-quvvat tilab qolamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
30/05/2021 14:55
Гап йук зур энди афисалний уйинларда хам дуч келган ракибни айаманглар