"Navbahor" legioneri terma jamoadan chaqiruv oldi

  • 7 noyabr, 2021, 18:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jamoamizning tojikistonlik 22 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe o‘z mamlakati milliy va olimpiya terma jamoalarining asosiy futbolchisi hisoblanadi.

Tecno

Yaqinda Tojikiston olimpiya terma jamoasini Osiyo U-23 chempionati caralash bahslarida maydonga sardor sifatida olib tushib, mazkur jamoaning kelasi yili yurtimizda o‘tkaziladigan musobaqaning final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shgan Panshanbe Tojikiston milliy termasining navbatdagi yig‘iniga chaqirildi.

Qo‘shnilarimiz yuzaga kelgan FIFA kunlaridan unumli tarzda foydalanish maqsadida, 11-18 noyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishadi.

Ta’kidlaganimizdek, mazkur yig‘inga “Navbahor” yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe ham taklif etildi. 

Tojikiston termasi o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 11-14 noyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe, so‘ngra Qozog‘iston poytaxti Nursulton shaharlarida olib boradi.  

Ushbu yig‘in doirasida tojikistonliklar 16 noyabr kuni Nursulton shahrida Qozog‘iston termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirishgan.

Biz Panshanbega mazkur yig‘in mashg‘ulotlarida kuch-quvvat, bo‘lajak bahsda esa omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!