
"Navbahor" futbolchisi "Neftchi" safiga ko‘chib o‘tdi
"Neftchi" klubi Abror Ismoilovni o‘z safida qo‘shib oldi. O‘zPFL uning Farg‘ona klubi safida liga ro‘yxatidan o‘tkazilganini tasdiqladi.
Abror Ismoilov uchun "yo‘lbarslar" begona emas. U 2022 yilda ham mazkur jamoada ijara asosida to‘p tepib, 19 uchrashuvda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Ismoilovning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 700 ming evroni tashkil etadi.
Fikrlar