"Navbahor" Dilshod Komilov bilan shartnoma imzoladi

  • 4 dekabr, 17:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" mahoratli himoyachi Dilshodjon Komilov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Dilshodjon Komilov - 1999 yil, 16 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

Faoliyati davomida “Lokomotiv” (Toshkent, 2019 – 2022 yillar, 2024 yilning 1-davrasi), “Andijon” (Andijon, 2023 yil), “Nasaf” (Qarshi, 2024 yilning 2-davrasi), “Qizilqum” (Navoiy, 2025 yil) jamoalari, shuningdek, O‘zbekiston-U-23, O‘zbekiston milliy terma jamoalarida o‘ynagan.      

“Nasaf” tarkibida 2024 yili O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan, yakunlangan mavsumda esa “Qizilqum” safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1758 daqiqa o‘ynab, 1 ta gol urgan. 

Namanganliklar avvalroq "Andijon"da o‘ynagan Islom Mamatkazin bilan kelishuvga erishilganligini ma’lum qilgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!