"Navbahor" bugun Rossiyaning mashhur klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

  • 1 fevral, 2023, 11:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyada olib borayotgan "Navbahor" bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 

Tecno

"Lochinlar" Rossiyaning mashhur jamoasi "Rubin"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da start oladi.

Qozonliklar tarkibida o‘tgan yili namanganliklar sharafini himoya qilgan Rustam Ashurmatov hamda "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi Umarali Rahmonaliev harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!