
"Navbahor" boshladi
Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi a’zolari Turkiyaning Antalya shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 20 fevral kuni yakunlab, yurtimizga qaytib kelgandi.
Ikki kunlik tanaffusdan so‘ng, “lochinlar” kechadan yangi mavsumning ilk o‘yini, ya’ni 3 mart kuni “Nasaf”ga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Navbahor” a’zolari mashg‘ulotni Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida “Markaziy” o‘yingoh zaxira maydonida tashkil etishdi.
Eslatib o‘tamiz, Cuperliganing 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 3 mart kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 18:30 da start oladi.
Quyida "lochinlar"ning mashg‘ulotidan fotolarni tomosha qiling:









Fikrlar